
PSJ futbolchisi Braziliya terma jamoasiga yordam berolmaydi!
PSJ klubining markaziy himoyachisi Markinos Marokashga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Braziliya terma jamoasiga yordam berolmaydi.
28 yoshli futbolchi jarohati sabab yaqinda PSJning “Brest”ga qarshi o‘yinida ham ishtirok eta olmagan edi. Geglobo nashri xabariga ko‘ra, shanba kuni Braziliya terma jamoasi shifokori Parij klubi vakillari bilan bog‘langan. Tomonlar markaziy himoyachi hali ham betobligi bois, yaqin orada maydonga tusha olmasligiga amin bo‘lishgan.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya va Marokash terma jamoalari uchrashuvi 26 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Markinos joriy mavsum PSJ safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar