PSJ Hakimi, Dembele va Mendeshning jarohatlari haqida bayonot berdi
PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi va hujumchisi Usmon Dembele Chempionlar Ligasi-2025/2026 mavsumi umumiy bosqichining 4-turida Myunxenning "Bavariya" klubiga qarshi o‘yinda olgan jarohatlari haqida xabar berdi. Uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Ashraf Hakimiyning chap to‘pig‘ida jiddiy cho‘zilish bor, shu sababli u bir necha hafta maydonga tusha olmaydi.
Usmon Dembele boldir mushaklaridan jarohat oldi. U keyingi bir necha hafta ichida davolanadi.
Nunu Mendeshda chap tizza boylamlari cho‘zilgan. Keyingi haftalar davomida u shifokorlar nazorati ostida bo‘ladi.
Dezire Due reabilitatsiya ishlarini davom ettirmoqda", - deyiladi PSJ rasmiy sayti xabarida.
AS nashri o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida marokashlik futbolchi jarohati tufayli yil oxirigacha maydonga tushmasligini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" vingeri Luis Dias Ashraf Hakimiga jiddiy jarohat etkazdi - Parij klubi himoyachisining to‘pig‘i boshqa tomonga qayrilib ketdi. Marokashlik fulbek yig‘lab maydonni tark etdi.
Fikrlar