PSJ ham Eriksen uchun kurashga qo‘shildi

  • 15 yanvar, 2020, 14:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ klubi "Tottenxem" xavbeki Kristian Eriksenni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda The Mirror nashri xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq daniyalik futbolchi “Inter” bilan muzokaralar o‘tkazayotgani va “neradzurrilar” uning uchun “shplrlar”ga 17 mln evro taklif qilishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Frantsiya chempioni ham “Tottenxem”ga bu borada o‘z taklifi bilan chiqmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Eriksen shuningdek MYu, "Real" va "Yuventus" kabi klublarning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Eriksen bu mavsum “Tottenxem” safida jami 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!