PSJ hujumchisi “Liverpul”ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi
PSJ hujumchisi Bredli Barkola Chempionlar Ligasining 1/4 bosqichi doirasidagi “Liverpul”ga qarshi ilk oʻyinni oʻtkazib yuboradi, deya xabar bermoqda RMC sport.
Futbolchi toʻpiği choʻzilishidan soʻng tiklanish jarayonini oʻtkazmoqda. Ammo, uning tiklanishi kutilganidan koʻra tez kechmoqda, bu klub uchun yaxshi yangilik. Yaqin kunlarda futbolchining salomatligi haqida yangilangan maʼlumotlar beriladi.
Eslatib oʻtamiz, Barkola Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 bosqichdan oʻrin olgan Londonning “Chelsi” klubiga qarshi javob uchrashuvida (3:0) oʻng oyoq toʻpiğidan jarohat olgan edi.
Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi “Liverpul”ga qarshi dastlabki oʻyin 8 aprel, chorshanba kuni “Park de Prens” da boʻlib oʻtadi. Ikkinchi oʻyin esa 14 aprelega belgilangan.
Abduvaliev Azizbek

Fikrlar