PSJ Insine uchun "Napoli"ga 100 mln evro taklif qildi

  • 15 iyun, 2019, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ klubi "Napoli" hujumchisi Lorentso Insinening xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Ma’lumotlarga qaraganda Frantsiya chempioni allaqachon 28 yoshli italiyalik futbolchining transferi masalasida neapolliklarga rasmiy taklif yuborgan. O‘z navbatida A Seriya grandi ham Insineni 100 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq, hozircha ularga Insine masalasida 70 – 80 mln evrodan ortiq mablag‘ taklif qilgan jamoa bo‘lmadi.

Endi PSJ va “Napoli” o‘rtasidagi muzokaralarning navbatdagi raundi kelasi haftada o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Insine yakunlangan mavsum A Seriyada jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!