
PSJ jamoa emas!
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibrohimovich argentinalik murabbiy boshqarayotgan PSJ o‘zi o‘ynagan davrdagi jamoadan farq qilishini ta’kidladi.
- Biz o‘ynagan PSJ haqiqiy jamoa edi. Hozir esa bu jamoa emas. Balki kelajakda shunday bo‘lar. Men PSJ kelajagiga ishonaman, lekin ayni paytda ular eng zo‘ri emas, - dedi Zlatan Ibrohimovich.
Eslatib o‘tamiz, shvetsiyalik futbolchi 2012-2016 yillar davomida parijliklar sharafini himoya qilgan. Ibrohimovich PSJ tarkibida bir necha marotaba Frantsiya chempionati, mamlakat kubogi, Superkubogi, liga kubogi kabi turnirlar g‘olibi bo‘lgan.
Fikrlar