
PSJ jamoadagi joyi kafolatlangan olti futbolchi nomini e’lon qildi
PSJ xo‘jayinlari yozgi transferlar vaqtida asosiy tarkib futbolchilarining aksariyatini sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Ular bu transferlardan 180 million evro ishlab olishni mo‘ljallagan.
French Football News nashrining ta’kidlashicha, Parij klubida faqatgina olti nafar futbolchining joyi kafolatlangan. Bular jamoaga yangi qo‘shilgan Lionel Messi, Kilian Mbappe, Neymar, Anxel Di Mariya, Markinos va Marko Verrattidir.
Shuningdek, jamoaga yangi qo‘shilgan Ashraf Hakimi, Serxio Ramos va Jorjino Veynaldum ham kamida bir mavsum o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyatga ega bo‘ladi.
Fikrlar