
PSJ "Liverpul"ning asosiy himoyachisini ko‘zlab qo‘ydi
Frantsiyaning PSJ klubi "Liverpul" himoyachisi hisoblangan Ibrohim Konatega bo‘lgan qiziqishni oshirdi. Bu haqida "ESPN" nashri xabar bermoqda.
Xabaringiz bor, frantsiyalik himoyachi mersesaydliklar tarkibidagi o‘rnidan qoniqmayotgani sabab, transferlar oynasida jamoani tark etish haqida o‘ylayotgan edi. Biroq, klub mutasaddilari futbolchi chempionlikka erishish uchun katta yordam beradi, deb hisoblashdi.
"ESPN" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, parijliklar yozgi transferlar oynasida himoyani kuchaytirishni maqsad qilib qo‘ygan. Manbaga ko‘ra, hozirgi kunda Konate eng yaxshi variant sifatida ko‘rilmoqda. Agarda angliyaliklar himoyachini sotmoqchi bo‘lsa, "Pari Sen-Jermen" taklif bilan chiqishga tayyorligini bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida, 25 yoshli fulbek joriy mavsum Arne Slot qo‘l ostida 26 ta bellashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 50 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar