PSJ Lukman bilan kelishib oldi
"Atalanta" futbolchisi Ademola Lukman PSJga o‘tishi mumkin. U Parij jamoasi bilan og‘zaki tarzda kelishib oldi. Tez orada klublar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, vingerning transferi uchun bergamoliklar katta summa so‘rayotgani tufayli parijliklar uchun bu xaridni amalga oshirish biroz qiyin bo‘lmoqda. Ammo klub kurashdan chiqib ketgani yo‘q.
Lukmanning o‘zi tezroq klubni tark etishni istaydi. U faoliyatini top klubda davom ettirishga qaror qilgan. Uning shartnomasi esa 2026 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar