
PSJ Mbappega o‘rinbosar topdi. Unga "Real" ham xaridor
"Zaltsburg" hujumchisi Karim Adeyemi yana bir top-klub e’tiborini tortdi.
"Sky Sport" nashri xabariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchiga PSJ ham qiziqa boshladi. Parij klubi uni kelasi yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Mbappega munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Kilian kelasi yili erkin agentga aylanadi.
Shuningdek, "Bavariya", "Borussiya", "Real", "Atletiko", "Inter" va "Liverpul" ham germaniyalik vunderkindni sotib olish uchun kurashga kirishgan. Qayd etilishicha, yuqoridagi klublar Karimni qishki transfer oynasi vaqtida sotib olib, 6 oy "Zaltsburg"ga ijara asosida qaytarmoqchi.
Adeyemi klub miqyosida joriy mavsum 18 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 14 gol va 2 assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Uning transferi 20 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar