PSJ Messidan ham voz kechishga qaror qildi!

  • 1 iyul, 2022, 16:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati Evropa futbolida etakchilik qiladigan yangi loyihani amalga oshirish jarayonida yoshi o‘tib qolgan yulduz o‘yinchilardan voz kechadigan bo‘ldi.

Parijliklar Neymardan qutilishga harakat qilayotgani yangilik emas. Braziliyalik hujumchining klub rahbariyati bilan munosabati buzilgan.

Endi mutasaddilari Lionel Messiga ham tezroq javob berib yubormoqchi. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Pedro Morata xabar berdi.

Parij superklubi rahbariyati tarkibni asosiy raqobatbardosh yoshlardan tuzmoqchi. Shuning uchun yangi kelgan sport direktori Luis Kampos va jamoani qabul qilib olishi kutilayotgan Kristofer Galte 30 yoshli Neymar va 35 yoshli Messini jamoada qoldirmoqchi emas.

Ma’lumotlarga qaraganda, yangi tarkib jamoa bilan uch yillik bitim tuzgan Kilian Mbappe atrofida shakllashtiriladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!