PSJ "Monako" yulduzlarini sotib olishda davom etadi
"Monako" yozgi transfer oynasi vaqtida frantsiyalik hujumchi Vissam Ben Yedder bilan xayrlashishga tayyor.
L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, monegasklar 29 yoshli futbolchining tovon pulini 40 million evro etib belgilashdi. Futbolchi uchun "PSJ" va "Ayaks" klublari da’vogarlik qilishmoqda.
Joriy mavsum boshida "Sevilya"dan frantsuz klubi tarkibiga kelib qo‘shilgan Ben Yedder 26 ta o‘yinda 18 ta gol kiritishni uddaladi.
Fikrlar