PSJ Mourino xizmatidan voz kechdi. Sababi g‘alati!

  • 18 may, 2023, 20:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hozirgi bosh murabbiy Kristof Galte o‘rniga boshqa mutaxassis qidirayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Tecno

 Parijliklar jamoasini boshqarishga nomzodlar orasida Joze Mourino ham bor. Portugaliyalik mutaxassis bu yil “Roma”ni Chempionlar ligasiga olib chiqolmadi. Shu bois, rimliklar yozda u bilan xayrlashishi mumkin.

Mourinoning o‘zi ham PSJni boshqarishga moyillik bildirgandi. Biroq, kutilmaganda Parij klubi rahbariyati bu variantdan voz kechdi.

Bunga sabab qilib, PSJ sport direktori Luish Kampushning Joze Mourino bilan do‘stona aloqada ekani ko‘rsatildi. Kampush ishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlar tufayli hamyurti bilan munosabatini buzmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!