
PSJ o‘z futbolchisini "Barselona"ga qo‘yib yuborishga tayyor
PSJ yarim himoyachisi Yulian Draksler jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda "El Nacional" nashri xabar tarqatdi.
28 yoshli futbolchiga Ispaniyaning "Barselona" jamoasi qiziqish bildirmoqda. "Ko‘k-anor ranglilar" jamoani tark etishi kutilayotgan Koutino o‘rniga nemis futbolchini olib kelmoqchi.
Parij klubida Draksler asosiy futbolchi hisoblanmaydi. Jamoa uni 15 million evroga sotib yuborishni rejalashtiryapti.
Bu mavsumda Yulian umumiy 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi hamda 2 ta samarali uzatma muallifiga aylandi.
Fikrlar