PSJ Pochettino bilan shartnomani bekor qilsa, qancha tovon puli to‘lashi ma’lum
PSJ klubi bosh murabbiy Maurisio Pochettino bilan mavsum oxirida shartnomasini bekor qilmoqchi bo‘lsa, unga 15 million evro tovon to‘lashi kerak. Bu haqda L' Equipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, argentinalik mutaxassis iste’foga chiqmoqchi emas. Uning jamoa bilan 2021 yilning yanvarida tuzilgan shartnomasi keyingi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Pochettino boshchiligida PSJ chempionlik, kubok va Frantsiya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Argentinalik mutaxassis boshchiligida 82 uchrashuv o‘tkazgan parijliklar 54 ta uchrashuvda g‘alaba, 13 bahsda durang va 15 o‘yinda mag‘lub bo‘lgan. To‘plar farqi: 188-89. Bu uchrashuvlarda 175 ochko (har bir uchrashuvda o‘rtacha 2,13 ochko) to‘plangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pochettino Angliyaning “Manchester Yunayted” klubini boshqarishi mumkinligi haqida xabar berilgandi, biroq mankunianliklar yakunda Erik ten Xag bilan shartnoma imzoladi.

Fikrlar