
PSJ Pogbaga MYudagidan kam maosh taklif qilmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba yozgi transferlar mavsumida jamoani tark etadi, chunki frantsiyalik futbolchi avvalroq yakuniga etib borayotgan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan edi.
Frantsiyalik jurnalist Adrien Grenierning yozishicha, PSJ allaqachon futbolchiga taklif yuborgan. Manbaga ko‘ra, parijliklar taklif qilayotgan maosh frantsiyalik futbolchining "Manchester Yunayted"da har yili oladigan maoshidan kam.
Shuningdek, Pogbaning o‘zi 2012 yildan 2016 yilgacha o‘ynagan Turinning "Yuventus" klubiga qaytishni xohlayotgani qayd etilgan. Hozircha Allegri jamoasi yarim himoyachi qanday shartlarni taklif qilishga tayyorligi haqida ma’lumotlar mavjud emas.
Fikrlar