PSJ "Portu" futbolchisi uchun 60 mln evro bermoqchi
PSJ klubi "Portu" yarim himoyachisi Danilu Pereyruga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi L'Equipe nashri.
Manbada yozilishicha, frantsuz grandi futbolchi uchun 60 million evrodan kechishga tayyor. Parijliklar uni yozgi transferlar mavsumida jamoadan ketishi kutilayotgan Blez Matyuidi yoki Gjegoj Krixovyakka o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Shuningdek, portugaliyalik futbolchiga PSJdan tashqari Turinning "Yuventus" klubi ham da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar