
PSJ prezidenti: Neymar va Mbappe jamoamizda abadiy qoladi
PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi jamoasining "Barselona" to‘sig‘idan o‘tib chorak finalga chiqqanidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqish haqiqatan ham faxrlanarli. To‘rt yil oldin bo‘lgan dahshatni allaqachon unutganman (o‘shanda "Barselona" aql bovar qilmaydigan kambekni amalga oshirib, PSJ musobaqadan chiqarib yuborgan edi).
Biz ajoyib o‘ynadik va buyuk "Barcelona"dan o‘tdik. Biz baxtlimiz.
Neymar va Mbappe – PSJ futbolchilari. Ular jamoamizda abadiy qoladi", – dedi Al-Xelayfi RMC Sport nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar