PSJ qanday yo‘l bilan Donnarummani o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi?
PSJ hamon "Milan" darvozaboni Janluiji Donnarummani sotib olish fikridan qaytmayapti.
ESPN tarqatgan xabarga qaraganda, parijliklar 21 yoshli italiyalik posbonni yozda, ya’ni u erkin agentga aylanganida qo‘lga kiritmoqchi. Frantsiya chempioni Donnarummaga o‘zi istayotgan 10 mln evro maoshni berishga tayyor va shu orqali uni o‘z tomoniga og‘dirib olishni rejalashtirmoqda.
Janluiji Donnarumma joriy mavsum “Milan” safida jami 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 31 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar