
PSJ “Real” yulduziga pul tikadigan bo‘ldi
“Pari Sen-Jermen” kelasi yozda “Real” hujumchisi Rodrigoni transfer qilish rejasini amalga oshirishi kutilyapti.
Kilian Mbappening Madpid superklubiga o‘tishi baribir Rodrigoning pozitsiyasiga ta’sir o‘tkazyapti. Qolaversa, 23 yoshli yulduzning “Oltin to‘p”ga da’vogar futbolchilar ro‘yxatiga kiritilmagani uning jamoani o‘zgartirishiga turtki bo‘lishi mumkin.
Rodrigo individual sovrinlarga ega bo‘lishi uchun boshqa loyihalarda asosiy figura sifatija o‘ynashi talab etiladi.
TodoFichajes nashrining yozishicha, Parij klubi hujum chizig‘ini yanada kuchaytirmoqchi va bu pozitsiyaga Rodrigoni olib kelishni mo‘ljallayapti.
Transfermarkt portali braziliyalik o‘yinchini 110 million evroga baholamoqda. PSJ esa, badavlat klub hisoblanadi va katta transferlarni amalga oshirish imkoniyati ancha keng.
Fikrlar