PSJ sardori Messi haqida fikr bildirdi
"Pari Sen-Jermen"ning braziliyalik himoyachisi Markinos argentinalik jamoadoshi Lionel Messi haqida gapirdi.
“Bunday darajadagi futbolchilar bu erga dam olish uchun kelishmaydi. Messi PSJ unga ko‘proq sovrinlar olib kelishi mumkinligiga ishonmoqda!", - dedi Markinos.
Eslatib o‘tamiz, Messi PSJ safiga o‘tgan yoz “Barselona”dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan va 2 yillik shartnoma imzolagan edi.
Leo joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar