PSJ ustozi bugun ishdan bo‘shatiladi

  • 3 iyun, 2023, 13:57
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kristof Galte kelasi mavsumda PSJni boshqarmaydi.

Tecno

"L’Equipe" nashri xabariga ko‘ra, parijliklar 56 yoshli frantsiyalik mutaxassisni bugun Liga 1ning so‘nggi turida "Klermon"ga qarshi o‘yindan so‘ng iste’foga chiqaradi.

PSJ xo‘jayini Qatar amiri Muhammad bin Hamad Al-Tani Parijda klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan uchrashuv o‘tkazdi va unda Galteni iste’foga chiqarishga qaror qildi.

Frantsiyalik murabbiy o‘tgan yozda PSJni qabul qilib, ikki yillik shartnoma imzolagandi.

Joriy mavsumda parijliklar 11-marta Ligada rekord darajada g‘alaba qozonishdi, ammo 1/8 finalda "Bavariya"dan kuchsizroq (0:1, 0:2) bo‘lib, Chempionlar ligasidan chiqib ketishdi.

Bundan tashqari, PSJ fevral oyida Frantsiya kubogi1/8 finalida Marselga (1:2) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shuningdek, manbaga ko‘ra, Galtening ishdan bo‘shatilishiga irqchilik ayblovlari bilan chiqqan mojaro ham ta’sir ko‘rsatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!