PSJ va "Chelsi" top himoyachini tekinga qo‘lga kiritishi mumkin

  • 27 noyabr, 2020, 16:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" himoyachisi David Alaba joriy mavsum so‘nggida myunxenliklar safini tark etadi, deya xabar bermoqda Goal nashri.

Manbaga ko‘ra, futbolchining agenti keyingi yil boshidan, "Chelsi" va PSJ bilan muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Avstriyalik futbolchining "Bavariya" bilan shartnomasi 2021 yil 30 iyunida yakuniga etadi va u erkin agent maqomida istalgan klubga borib qo‘shilishi mumkin.

Joriy mavsumda 28 yoshli himoyachi "qizillar" safida barcha turnirlarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol kiritib, 1 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!