PSJ va “Liverpul” bir hujumchi uchun kurashmoqda

  • 26.05.2026 15:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"RB Leyptsig" hujumchisi Yan Diomande yozgi transfer oynasida Evropaning ikki giganti diqqat markaziga aylandi.

Insayder Fabrizio Romano ma'lumotiga ko'ra, PSJ va “Liverpul” 19 yoshli ivuarialik futbolchining vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Shu bilan birga, “RB Leyptsig” ham futbolchini saqlab qolish uchun harakat boshlagan. Nemis klubi Diomandega yangi shartnoma taklif qilgan bo'lib, unda tovon puli ham ko'rsatilgan.

Manbaga ko'ra, “Liverpul” PSJ vingeri Bredli Barkolani ham qisqa ro'yxatiga kiritgan.

Diomande o'tgan mavsum Bundesligada 33 ta o'yinda 12 ta gol urdi va “Leyptsig”ning ikkinchi eng yaxshi to'purariga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!