
PSJ va Mbappe o‘rtasida "urush" bo‘lyapti! Vaziyatga Frantsiya sport vaziri va UEFA ham aralashishi mumkin
Kilian Mbappening advokati PSJ uning maoshini to‘lamagani tufayli UEFAga shikoyat qiladi.
2024 yil sentyabr oyida Franiya Professional Futbol Ligasi (LFP) parij klubiga "Real"ga ko‘chib o‘tgan forvardning maoshi va bonuslarini to‘lashni buyurgan. Mbappe keyinchalik LFP intizom qo‘mitasiga pul to‘lanmagani uchun murojaat qilgan, ammo PSJ LFP'ni Parij sudiga bergani sababli Mbappening appelyatsiyasi rad etilgan.
Kecha PSJ hisob raqamida 55 million evro muzlatib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Bu klubning Mbappe oldidagi qarzi sanaladi. Tegishli ruhsat chorshanba kuni Parij sudi ijroiya sudyasi tomonidan berilgan. Klub sudga borishga tayyor va ular Kilian g‘alaba qozonmasligiga ishonishmoqda.
Mbappening advokati Delfin Verxeyden Frantsiya sport vaziridan vaziyatga aralashishni so‘ragan. Uning qo‘shimcha qilishicha, PSJ maosh bo‘yicha o‘z majburiyatlaridan bo‘yin tovlamoqda. Shuningdek, advokat bu masalani ko‘rib chiqish uchun UEFAga ham murojaat qiladi.
Verxeydan agar klub aybdor deb topilsa, PSJ Chempionlar ligasida ishtirok etish litsenziyasidan mahrum bo‘lishi mumkinligiga shama qildi.
Ta’kidlash kerak, sud 26 mayda bo‘lishi rejalashtirilgan
Fikrlar