PSJ vakili: Messi “Barsa”ga qaytadi!

  • 26 dekabr, 2021, 10:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yarim himoyachisi Ander Errera jamoadoshi Lionel Messi haqida fikr bildirib, argentinalik yulduz baribir “Barselona”ga qaytishini aytdi.

Tecno

- Men uning qalbi “Barselona”ga bog‘langanini bilaman. Bir kun kelib, u baribir Kataloniyaga qaytadi. Hozircha, u PSJ futbolchisi va bu jamoa bilan sovrinlarni yutishi kerak, - dedi Ander Errera.

Lionel Messi 16 mavsum davomida “Barselona” sharafini himoya qilgan. U klub tarixida eng ko‘p gol urgan o‘yinchi hisoblanadi. Argentinalik yulduz “Barselona” uchun 778 ta uchrashuvda 672 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!