
PSJ yozda Pyanich uchun 70 mln evro sarflashi mumkin
PSJ klubi "Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra parijliklar 29 yoshli bosniyalik futbolchini mavsumlar oralig‘ida sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi. Ushba transfer esa ularga taxminan 70 mln evroga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pyanichga Madridning “Real” klubidan ham qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, “Yuventus” Pyanichni 2016 yil “Roma”dan 32 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum 40ta uchrashuvda ishtirok etdi va jamoasining 7ta goliga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar