
PSJ yulduzi “Barselona”ga o‘tib ketmoqchi
“Barselona” rahbariyati PSJ hujumkor futbolchisi Bredli Barkolaga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda nufuzli manba – El Nacional nashri xabar berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, “Pari Sen-Jermen” yaqinda o‘z safiga Xvicha Kvaratsxeliyani qo‘shib olganidan keyin 22 yoshli Bredli Barkola jamoadagi kelajagidan xavotirga tushib qolgan va jamoasini almashtirishga moyillik bildirmoqda.
Kataloniyaliklar Parij klubining asosiy to‘purarlaridan birini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni mo‘ljallayapti.
Barkola joriy mavsumda barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va sakkizta assist qayd etdi. PSJ bilan 2028 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchi Transfermarkt tomonidan 65 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar