PSJ yulduzi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
PSJ jamoa yarim himoyachisi Fabian Ruiz bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, parijliklar Fabian bilan shartnomani 2029 yilning yozigacha uzaytirishni rejalashtirmoqda. Futbolchining hozirda amaldagi bitimi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Ayni vaqtda Ruizga Turkiya klublaridan qiziqish bo‘lmoqda. Lekin havbekning o‘zi ham PSJda qolishni xohlamoqda.
Ma'lumot uchun, 29 yoshli futbolchi parijliklar safida 2022 yildan beri harakat qilib, kelmoqda. Shu davr mobaynida yarim himoyachi 155 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol va 24 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.



Fikrlar