PSJ yulduzi Parijdan ketadigan bo‘lyapti

  • 08.12.2021 13:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” bilan shartnomasi tugaganidan keyin PSJga ko‘chib o‘tgan Jorjino Veynaldum mavsum yakunlangach, jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi.

Aslida niderlandiyalik futbolchi yozda “Barselona”ga o‘tishi kutilgan edi. Biroq, parijliklarning katta maoshiga uchgan yarim himoyachi Kataloniyaga borishni istamadi va PSJni tanladi.

“Liverpul”da asosiy vazifalarni bajargan Veynaldum Maurisio Pochettino jamoasida zaxira o‘yinchisiga aylanib qoldi. Shuning uchun u o‘ziga o‘yin amaliyotini kafolatlaydigan klub topishni rejalashtirgan.

Jorjino Frantsiya chempionatiga o‘tganidan beri milliy chempionatda 14 ta bellashuda qatnashib, bitta to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!