
"PSJ"da Ronalduga "non" yo‘q
"PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi.
"So‘zsiz, u afsona, so‘nmas yulduz. Men uni professional futbolchi sifatida hurmat qilaman. KriRo hozir 37 yoshda va hali ham ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda.
Hujumiga e’tibor qaratgan har bir klub uni sotib olishni istaydi. Bizdagi muammo shundaki, uning pozitsiyasida ko‘plab o‘yinchilar mavjud. Rostini aytsam, bu transferning ayni dam iloji yo‘q", — dedi Al-Xelayfi.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya JChdagi ishtirokini davom ettirmoqda. Santush shogirdlari ertaga Marokashga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar