
PSJda tez orada katta yangilik bo‘ladi
Shu hafta oxiriga qadar PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning iste’fosi e’lon qilinadi.
Klub rahbariyati argentinalik mutaxassis o‘rniga “Nitstsa” bosh murabbiyi Kristof Galteni olib keladi. Parijliklar bu murabbiy uchun “Nitstsa”ga 10 million evro kompensatsiya to‘shlashga rozi bo‘ldi.
Bundan tashqari, klub Pochettino bilan amaldagi shartnomani muddatidan oldin bekor qilayotgani uchun 15 million evro miqdorida badal puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
PSJ yangi mavsum tayyorligini 4 iyuldan boshlaydi va mashg‘ulotlarni Kristo Galte o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Fikrlar