PSJga qarshi o‘yinda "Bavariya" etakchisi maydonga tusha olmasligi mumkin

  • 02.03.2023 14:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
"Bavariya" hujumchisi Leroy Sane jarohat oldi. Bu haqda "As" nashri xabar bermoqda. 

Ushbu holat dushanbi kungi mashg‘ulotlarda ro‘y bergan. Hozircha uning jarohati borasida aniq ma’lumot yo‘q. Biroq nemisning Bundesliga doirasidagi "Shtutgart"ga qarshi bellashuvda, shuningdek, EChL nimchorak finalidan o‘rin olgan PSJga qarshi o‘yinda maydonga tushishi so‘roq ostida. 

Qayd etish lozim, "Bavariya" - PSJ o‘yini 8 mart kuni bo‘lib o‘tadi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!