
PSJga transferi barbod bo‘lgan Zieshda boshqa variant paydo bo‘ldi
Marokashlik vinger Hakim Ziesh qishki transfer oynasida “Chelsi”ni tark etishi mumkin. PSJga o‘tish muvaffaqiyatsiz yakunlangach, afrikalik futbolchi faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirish imkoniyatiga ega.
Goal.com portalining xabar berishicha, turk tomoni kelishuv tafsilotlarini muhokama qilish maqsadida “aristokratlar” bilan bog‘langan. Kelishuvdagi asosiy to‘siq Zieshning yuqori maoshi bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada transfer oynasi biroz kechroq yopilishi sababli “Beshiktosh” kelishuvni yakunlashi mumkin.
Hakim joriy mavsum londonliklar safida 10 ta o‘yinda qatnashib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar