PSJning supertransferlari rasvo bo‘lib chiqdi

  • 14 yanvar, 2024, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” o‘tgan yozda katta umidlar bilan Randal Kolo Muani va Gonsalu Ramushni transfer qilgan edi. Har ikki hujumchi o‘zlari ilgari to‘p tepgan Bundesliga va  Portugaliya chempionatlarida yuqori saviyali o‘yin ko‘rsatgan.

Tecno

Endi PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike har ikki forvardning mavsumning muhim uchrashuvlarida jamoaga kutilgan darajada yordam bera olishiga ikkilanib qoldi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar tarqatdi.

Enrikega 150 million evro sarflangan Randal va Gonsalu ko‘rsatayotgan o‘yin sifati umuman yoqmayapti. Bu ikki markaziy forvard o‘z vazifasini baraja olmayotgani uchun bosh murabbiy ularning pozitsiyada qanot hujumchisi hisoblangan Kilian Mbappeni o‘ynatishga majbur bo‘lyapti va o‘zi o‘ylagan strategiyalarni qo‘llay olmayapti.

Joriy mavsumda Kolo Muani 24 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvoshasini 10 marta ishqol qildi. Ramush esa, 19 bor maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!