PSV muddatidan oldin chempionga aylandi
"PSV Eyndxoven" ketma-ket uchinchi marta Erediviziya g‘olibiga aylandi. Niderlandiya chempionatining 29-turida "Feynoord" "Volendam"ga (0:0) bas kela olmadi va “oq-qizillar”ga yetib olish imkoniyatini yo‘qotdi.
PSV Niderlandiya chempionatining 29-turida "Utrext"ni mag‘lub etdi (4:3) va chempionat tugashiga 5 tur qolganida sovrinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rindagi "Feynoord" peshqadamdan 17 ochko ortda qolmoqda. Erediviziyada Top-3ni "NEK Neymgen" yakunlab berdi.
PSV tarixda 27-marta Niderlandiya chempioni bo‘ldi. Bundan tashqari, klub 11 ta mamlakat kubogi va 15 ta milliy Superkubokni qo‘lga kiritgan. "Qizil-oqlar"ning xalqaro miqyosdagi sovrinlari ham bor: Yevropa chempionlar kubogi va UEFA kubogi.
Fikrlar