“Pul bo‘lmasa, ketaman!”. Futbolchi “Chelsi”dan dahshatli maosh talab qilyapti

  • 28 noyabr, 2022, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Chelsi” yarim himoyachisi Meyson Maunt klubning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini qabul qilmadi.

23 yoshli futbolchi “aristokratlardan” har hafta uchun 300 ming funt xizmat haqi to‘lanishini talab qilmoqda. Agar uning talabi bajarilsa, u klub bilan hamkorlikni uzaytirishga ko‘nadi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, Maunt jamoada eng katta maosh olayotgan Rahim Sterling bilan teng mablag‘ to‘lanishini istayapti.

Meyson Maunt “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U londonliklar safida jami 181 ta uchrashuvda maydonga tushib, 32 ta gol va 37 ta assist qayd etgan. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!