Puli yo‘q “Barsa” chempion jamoaning qimmatbaho o‘yinchisiga ko‘z tikmoqda

  • 21.08.2023 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” moliyaviy muammolarni bartaraf eta olmayotganiga qaramay, tarkibini qimmatbaho futbolchi bilan kuchaytirmoqchi.

Bild nashrining yozishicha, kataloniyaliklar “Bavariya”ning 27 yoshli hujumchisi Leroy Saneni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Yaqinda kataloniyaliklar Leroyga taklif bilan chiqqan edi. Biroq, germaniyalik futbolchi Myunxenda qolishni ma’qul topdi.

“Barsa” fikridan qaytgani yo‘q va bu transferga kelasi yil qaytadi.

Sanening Bundesliga chempioni bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Uning transfer narxi 65 million evroga teng.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!