Puyol: Neymar PSJga o‘tib xato qilgan

  • 27 mart, 2019, 21:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi afsonasi Karles Puyol braziliyalik hujumchi Neymarning PSJga o‘tgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Neymar eng zo‘r jamoada va eng zo‘r futbolchilar bilan birga o‘ynadi. Ammo u faoliyatida yangilik qilishga qaror qildi va biz uning bu qarorini qabul qilishimiz kerak. Hozir aytishimiz mumkinki, u xato qilgan. U jarohat oldi, PSJ esa Chempionlar ligasidan chiqib ketdi. U faoliyatini yakunlagach, barchasini tahlil qilib chiqishi mumkin”, - deydi ispaniyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Neymar PSJ safiga 2017 yil “Barselona”dan 222 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!