Pxyonchxan-2018: Amerikalik xokkeychi qizlar Olimpiada chempioni

CHERY AUTO

Bugun Pxyonchxan Olimpiadasining ayollar xokkeyida chempion jamoa nomi aniqlandi. Kutilganidek, finalda Kanada hamda AQSh terma jamoalari bahs olib borishdi. 

Tecno

Teng kurashlar ostida kechgan bellashuvning 3 davrida 2:2 hisobi qayd etildi. Qo‘shimcha vaqtda ham g‘olib nomi aniqlanmagach, bullitlar seriyasiga murojaat etildi.

O‘ziga xos lotereyada amerikalik xokkeychilarning qo‘li baland kelib, Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritishdi. Eslatib o‘tamiz, bronza medali uchun kechgan bahsda finlar rossiyalik raqiblarini o‘yinning o‘zida 3:2 hisobida dog‘da qoldirishgan edi. 

Xokkey, ayollar. Final.

AQSh – Kanada 3:2 (2:2, bullitlar bo‘yicha 1:0)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!