
Pxyonchxan-2018: Anastasiya Kuzmina mass-startda g‘olib bo‘ldi
Bugun Pxyonchxan olimpiadasida ko‘plab sport turlari qatori ayollar o‘rtasida biatlon bo‘yicha ham medallar o‘ynaldi.
Ayollar o‘rtasida kechgan mass-start poygasida slovakiyalik Anastasiya Kuzmina g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin oldi. Ta’kidlash kerak, bu Nastya uchun Olimpiadalardagi uchinchi oltin medal. Belaruslik Darya Domracheva finish chizig‘ini ikkinchi bo‘lib bosib o‘tgan bo‘lsa, norvegiyalik Tirill Ekxoff bronza medali bilan taqdirlandi.
Biatlon. Ayollar, mass-start
1. Anastasiya Kuzmina (Slovakiya)
2. Darya Domracheva (Belarus)
3. Tiril Ekxoff (Norvegiya)
Fikrlar