
Pxyonchxan-2018: Arnd Payffer biatlon bo‘yicha Olimpiada chempioni
Qiziqarli davom etayotgan biatlon bo‘yicha Pxyonchxan Olimpiadasining ikkinchi kunida biatlon bo‘yicha erkaklar o‘rtasida sprint poygasi bo‘lib o‘tdi.
Keskin raqobatga boy bo‘lgan poyga kutilmagan natija bilan yakun topdi. Germaniyalik biatlonchi Arnd Payffer o‘q otishdagi ajoyib natijasi bilan bugungi g‘alabasiga zamin yaratgan bo‘lsa, chexiyalik Mixal Krchmarj kumush medal bilan taqdirlandi. Kuchli uchlikni italiyalik Dominik Vindish yaknulab berdi. Ta’kidlash joiz, poyga davomida kuchli shamol biatlonchilarga o‘q otish jarayonida katta muammolar tug‘dirdi. G‘oliblikka eng asosiy da’vogar sanalgan frantsiyalik Marten Furkad esa 3 ta xato bilan sakkizinchi natijani qayd etdi.
Fikrlar