Pxyonchxan-2018: Chang‘i poygasida 2ta bronza medali topshiriladigan bo‘ldi

CHERY AUTO

Pxyonchxan Olimpiadasining navbatdagi kun bellashuvlarida kamyob hodisilardan biriga guvoh bo‘ldik. Gap shundaki, ayollar o‘rtasida kechgan chang‘i poygasi bahsida ikki sportchi bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

Tecno

Ayollar o‘rtasida 10 kilometr masofaga erkin usulda kechgan poyga norvegiyalik Ragnxil Xaga uchun omadli yakunlanib, Olimpiada chempionligiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, kumush medal shvetsiyalik Sharlotte Kallaga nasib etdi. Bronza medali uchun ikki nafar sportchi: norvegiyalik Marit Byorgen hamda finlyandiyalik Krista Pryamyakoski bahs olib borishdi. E’tiborlisi, har ikki chang‘ichi finish chizig‘ini bir vaqtda bosib o‘tgani uchun ikkalasiga ham bronza medali beriladigan bo‘ldi. 

Chang‘i poygasi. Ayollar, 10 km.

1. Ragnxil Xaga (Norvegiya)
2. Sharlotte Kalla (Shvetsiya)
3. Marit Borgen (Norvegiya)
3. Krista Pyarmyakoski (Finlyandiya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!