
Pxyonchxan-2018: Chang‘i poygasida norvegiyaliklardan ajoyib natija
Bugun Pxyonchxan Olimpiadasida o‘ynalgan mudallar jamlanmasining 2tasi chang‘i poygasi sportida bo‘ldi. Unda chang‘ichilar jamoaviy yo‘nalishda kechgan sprint poygasida bahs olib borishdi.
Dastlab ayollar o‘rtasida poyga o‘tkazilib, unda kutilmaganda AQSh terma jamaosi g‘alaba qozondi. Kumush va bronza medallari mos ravishda Shvetsiya hamda Norvegiya terma jamoalariga nasib etdi. Erkaklar o‘rtasidagi bahs kutilganidek norvveglarning g‘alabasi bilan yakun topdi. Rossiyalik Olimpiadachi atletlar (ROA) ikkinchi, Frantsiya terma jamoasi vakillari esa kuchli uchlikni yakunlab berishdi. Qo‘lga kiritilgan oltin va bronza medallari esa Norvegiya terma jamoasining umumiy hisobdagi etakchiligini yanada mustahkamladi.
Chang‘i poygasi. Ayollar, sprint.
1. AQSh
2. Shvetsiya
3. Norvegiya
Chang‘i poygasi. Erkaklar, sprint.
1. Norvegiya
2. ROA
3. Frantsiya
Fikrlar