
Pxyonchxan-2018: Hamyurtlarimizning Olimpiadadagi ishtiroki yakunlandi
Bugun Pxyonchxan Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining ishtiroki nihyasiga etdi. Erkaklar o‘rtasidagi slalom yo‘nalishida kechgan bahsda Komiljon To‘xtaev startga chiqdi.
Birinchi tushishda yurtdoshimiz belgilangan hududdan chiqib ketgani uchun uning urinishi hisobga olinmadi. Ta’kidlash joiz, 100 dan ziyod ishtirokchilar orasida atigi 43 nafar sportchigina ikki urinish bo‘yicha finishga etib kela oldi xolos. To‘xtaev kabi birinchi tushishdayoq bellashuvni yakunlaganlar orasida Pxyonchxanda ikki bor oltin medalni qo‘lga kiritgan avstriyalik Marsel Xirsher ham bor. Shohsupadan quyidagi sportchilar joy olishdi:
Tog‘ chang‘isi. Erkaklar, slalom.
1. Andre Mirer (Shvetsiya)
2. Ramon Zenxauzern (Shveytsariya)
3. Mixael Matt (Avstriya)
Fikrlar