Pxyonchxan-2018: Koreyalik short-trekchi qizlar tengsiz
Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida davom etayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarining navbatdagi kunida mezbon terma jamoa vakillari yana bir oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Short-trek bo‘yicha kechgan estafeta poygasida koreyalik qizlar yuqori tezlik namoyish etgan ko‘yi birinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tishdi. Mezbon terma jamoa shu tariqa Olimpiadadagi to‘rtinchi oltin medalini qo‘lga kiritmoqda. E’tiborlisi, shulardan 3tasi short-trek yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi. Kumush medal Apennin yarim oroli vakillariga nasib etgan bo‘lsa, "uchar gollandlar" kuchli uchlikni yakunlab berishdi.
Short-trek, ayollar. Estafeta, 3000 metr:
1. Koreya Respublikasi
2. Italiya
3. Gollandiya

Fikrlar