Pxyonchxan-2018: Kun "Bundestim" uchun ajoyib yakunlandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahri o‘tkazilayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarining navbatdagi kun bellashuvlari ham o‘z yakuniga etdi. Bugungi kun reglamentida taqsimlangan so‘nggi medallar shodasi Germaniya terma jamaosiga nasib etdi. 

Tramplindan sakrash va 10 kilometr masofaga o‘tkazilgan chang‘i ikki kurashida ushbu terma jamoa sharafini himoya qilgan 3 sportchining barchasi shohsupaga ko‘tarilishdi. Yoxannes Ridzek oltin, Fabian Rissle kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Erik Frentsel kuchli uchlikni yakunlab bergan. Garchi shunday bo‘lsa ham medallar jamg‘arish bo‘yicha Norvegiya terma jamoasi etakchilikni berib qo‘ygani yo‘q. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!