
Pxyonchxan-2018: Kunning ilk oltin medali Italiya terma jamoasiga nasib etdi
Bugun Pxyonchxan Olimpiadasida erta tongdan tog‘ chang‘isi bo‘yicha kunning dastlabki medallari o‘z egalariga topshirildi. Ayollar o‘rtasida tezkor tushish bo‘yicha kechgan bahs italiyalik sportchining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Sofiya Gojjia yuqori tezlik va epchilligi bilan masofani hammadan birinchi bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Sofiyaga 0,09 soniya imkoniyatni boy bergan norvegiyalik Ragnxild Mounkilga nasib etgan bo‘lsa, amerikalik iste’dodli sportchi Lindsi Vonn kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Tog‘ chang‘isi. Ayollar, tezkor tushish.
1. Sofiya Gojjia (Italiya)
2. Ragnxild Mounkil (Norvegiya)
3. Lindsi Vonn (AQSh)
Fikrlar