
Pxyonchxan-2018: Kyorlingda yarim finalga yo‘l olganlar aniqlandi
Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida qishki Olimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Ayni damda kyorling sportining dabl-mikst yo‘nalishida 5-tur uchrashuvlari o‘z yakuniga etdi. E’tiborlisi, ushbu tur musobaqaning yarim finaliga yo‘l olgan jamoalar nomini aniqlab berdi.
Musobaqa mezbonlari ustidan g‘alaba qozongan Rossiyalik Olimpiadachi atletlar (ROA), Shveytsariya, Kanada hamda Norvegiya terma jamoalari 5 uchrashuvda 4tadan g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini naqd qilishdi. 5-tur natijalari:
Xitoy – AQSh – 6:4
Norvegiya – Finlyandiya – 7:6
Kanada – Shveytsariya – 7:2
Koreya – Rossiyalik Olimpiadachi atletlar – 5:6
Fikrlar