Pxyonchxan-2018: Marit Byorgen – Koreya Olimpiadasining qahramoni

CHERY AUTO

Nihoyasiga etgan Pxyonchxan Olimpiadasida ayrim sportchilar bir necha bor shohsupaga ko‘tarilgani aniq. Xo‘sh, eng ko‘p kim shohsupaga ko‘tarilib, kim bu Olimpaidadan uyiga medalni olib ketgan sportchi bo‘ldi? 

Tecno

Ko‘pchilik taxmin qilganidek, bu Olimpiadada norvegiyalik Marit Byorgen eng ko‘p medallarni jamlay oldi. Marit bu gal 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza jami 5 ta medal jamg‘ardi. Pxyonchxanda norvegiyalik boshqa bir chang‘ichi Yoxannes Klebo hamda frantsiyalik biatlonchi Marten Furkad 3 ta oltin medal bilan sifatli medallar borasida ustun bo‘ldilar. 

E’tiborlisi, Marit Byorgen qishki Olimpiya o‘yinlari medal jamg‘arish bo‘yicha afsonaviy hamyurti Ule-Eyner Byorndalenni ortda qoldirishga erishdi. Endi Maritning hisobida Olimpiadalarning 8 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallari mavjud. Byorndalenda esa bu ko‘rsatkich 8-4-1ga teng. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!